Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahallabay” tizim ijobiy samara bermoqda

30 Yanvar 2024, 07:01

733

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Bunda “qizil” toifadagi mahallalarning ahvoli, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan profilaktik ishlar natijadorligi atroflicha o‘rganilmoqda. 

Ishchi guruh vakillari Marhamat, Asaka, Xonobod, Qo‘rg‘ontepa tumanlarining “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, “Shodlik”, “Ibn Sino”, “Anhor”, “Kampirravot”, “Yangihayot”, “Yuksalish” mahallalariga chiqib, faollar bilan uchrashishdi. Muloqot chog‘ida hududlardagi muammolar, sodir etilayotgan jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mahalla mas’ullariga huquqbuzarliklar profilaktikasi ta’sirchanligini oshirish borasida metodik tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari tomonidan ichki ishlar va milliy gvardiya organlari o‘rta bo‘g‘in rahbarlari uchun siyosiy-huquqiy o‘qishlar tashkil qilinib, islohotlarning mazmun-mohiyati va dolzarb talablari yetkazilmoqda.

Ilmiy yondashuvga asoslangan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech