Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi”ga tavsiyalar berildi

26 Sentyabr 2025, 11:09

177

Qibray tumanidagi “Nurafshon” mahallasida kriminogen vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

“Mahalla yettiligi” bilan birgalikda tashkil etilgan yig‘ilishda IIV akademiyasi vakillari so‘z olib, jinoyatchilikni jilovlash masalalariga to‘xtaldi.

Muloqot chog‘ida mahalla raisi boshchiligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektoriga davlatimiz rahbarining tegishli qarorlarida nazar tutilgan vazifalar, amaliyotga tatbiq qilingan mexanizmlar yuzasidan tushunchalar berildi. Yangi tizim asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Aytish joizki, hozirda mazkur mahallada akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘rganishlar olib borilib, jinoyatchilikning asl sabablarini aniqlagan holda ularni bartarf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech