Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” uchun seminar-trening

10 Fevral 2024, 07:02

781

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida “mahalla yettiligi” a’zolari uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Mashg‘ulot davlatimiz rahbarining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini yetkazishga bag‘ishlandi.

Ikki kunlik seminar-trening davomida “mahalla yettiligi” tizimining ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining vazifa hamda majburiyatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Tizim vakillari ayni faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech