Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“MAHALLA PROFILAKTIKASI” HUDUDIY TAJRIBASI YARATILADI

12 Iyun 2022, 07:06

1214

Jinoyat yoki huquqbuzarlik o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Uning tag-zamirida qandaydir omillar bo‘ladi. Hududlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarda ushbu illatlarning sabablarini o‘rganish, bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish faoliyat samaradorligini oshiradi.

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar poytaxtimiz tumanlarida bo‘lib, “mahalla profilaktikasi” hududiy tajribasini yaratish bo‘yicha ichki ishlar organlariga ilmiy va metodik yordam ko‘rsatishmoqda.

Ishchi guruh zimmasiga kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda ko‘p sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan xulosalar tayyorlash, aholi va yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, kriminogen holati ijobiy tomonga o‘zgarmayotgan mahallalardagi ijtimoiy-maishiy muammolar, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan omillarni manzilli tadqiq qilish, “fuqarobay” ishlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, bu borada mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorining hamkorligini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda aniq vazifalar yuklatilgan.

Bundan tashqari, hududlar muammolarini o‘rganish jarayonida ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘rikzor” mahallasi misolida yaratilgan “fuqarobay” ishlash metodikasini amaliyotga keng joriy etish hamda joylarda targ‘ibot uchrashuvlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech