Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalla profilaktikasi – eng samarali tizim

16 Fevral 2026, 21:18

63

Toshkent shahrida xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar poytaxtimizga tutash bo‘lgan Zangiota tumanida ham izchil amalga oshirilmoqda.

Tuman mahallalariga jalb qilingan IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovchilariga kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish, choraklik “yo‘l xarita”lar ijrosini ta’minlash vazifalari yuklangan.

O‘rganishlar davomida mahallalarning birinchi chorak uchun mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari tahlil qilinib, qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi. Bandligi ta’minlamagan, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qaram bo‘lgan, muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan hamda boshqa toifadagi shaxslar aniqlanib, ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari, mahallalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida patrullik yo‘nalishlari tashkil qilinib, akademiya kursantlari jamoat tartibini saqlashga yo‘naltirildi. Kursantlar tomonidan amaliyotdagi murabbiylari bilan birgalikda alohida toifadagi shaxslar istiqomat qiluvchi 4797 ta xonadon, shuningdek 79 ta korxona, tashkilot hamda muassasa o‘rganildi.

Hududlarda o‘tkazilgan tezkor va profilaktik tadbirlar natijasida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 30 dan ziyod ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarga qabul qilinib, joylarda 339 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi. 2 mingdan ortiq fuqaroning uyali aloqa vositasiga ikki bosqichli himoya tizimi va “my.gov” ilovasi orqali kredit cheklovi o‘rnatilib, “Cyber_102” telegram kanali hamda “Mening inspektorim” mobil ilovasiga ulandi.

Shu bilan birga, tergov bo‘limi ish yurituvidagi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar bilan bog‘liq 600 ga yaqin jinoyat ishlari o‘rganilib, ularni fosh etish yuzasidan alohida protsessual harakatlar va tergov tusmollari ishlab chiqildi.

Hozirda mahallalardagi “jinoyat o‘choq”larini bartaraf etish, muloqot va sayyor qabullar orqali aholi muammolarini o‘rganish, huquqbuzarlik sodir etish va undan jarlanish ehtimoli mavjud fuqarolar bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratilmoqda.

Muhimi, mahalla profilaktikasini kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga alohida e’tibor qartilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech