Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Magistraturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

16 Iyul 2026, 20:03

99

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida navbatdagi qabul jarayonlari boshlangan.

Magistraturaning “tashkiliy-taktik boshqaruv”, “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassislik yo‘nalishlarida o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar kirish imtihonlarini topshirmoqda.

Imtihonlar maxsus kasbiy tanlov (yozma ish va test sinovi) hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat shaklida o‘tkazilmoqda. Yakuniy suhbat mas’ul rahbarlar, boy amaliy tajribaga ega mutaxassislar va professor-o‘qituvchilardan iborat komissiya tomonidan qabul qilinmoqda.

Aytish joizki, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim jarayonlarini ilg‘or yondashuvlar asosida tashkil etish, tizim uchun professional rahbar kadrlarni tayyorlash, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. 

Soha oldidagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kirish imtihonlarida har bir nomzodning bilim salohiyati xolisona va adolatli baholanmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech