Tinglovchilar Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida qatnashdi.
Yig‘ilishda o‘tgan yil mobaynida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
* * *
IIV akademiyasida vazirlik Tashkiliy departamenti boshqarma boshlig‘i F. Badalboyev ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularni qabul qilish va ijro qaratish mexanizmlari haqida tinglovchilarga tushuncha berildi.
* * *
Poytaxtimizdagi “Temiryoʻlkargo” tashkilotda “Terrorizm, diniy ekstremizm va odam savdosi – davr muammosi” mavzuida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Unda tinglovchilar tomonidan terrorizm, diniy ekstremizm, odam savdosi jinoyatlarining asl mohiyati, xavfsizlik va barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan oqibatlari, ularning oldini olish choralari tushuntirildi.
* * *
IIV akademiyasida Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i V. Xidiraliyev ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda temir yo‘l transportida jamoat tartibini saqlash, yo‘lovchi va yuk tashishlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, faoliyatga raqamli texnologiyalar va samarali boshqaruv tizimlarini joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati