Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Litsey o‘qituvchilari malaka oshirdi

24 Fevral 2026, 20:29

55

Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi akademik litseylar o‘qituvchilari IIV akademiyasida malaka oshirdi.

Soha vakillarining pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar orqali tashkil etish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlarga 17 nafar o‘qituvchi jalb qilindi.

Ular uchun “Ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat”, “Huquqshunoslik va kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi” hamda boshqa dolzarb mavzularda darslar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Malaka oshirish kursi yakunida test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi. Shu bilan birga, litsey vakillari o‘qitishning ilg‘or metodlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech