Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kursantlarimiz keyingi bosqichda

2 May 2026, 18:31

38

Poytaxtimizda Inson huquqlari milliy markazi, “Centre for Development and Justice International” (CDJI) xalqaro nodavlat tashkiloti hamda Niderlandiya Qirolligi vakolatxonasi hamkorligida tanlov o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning saralash bosqichida Toshkent davlat yuridik universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan talaba va kursantlar inson huquqlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari bilan qatnashdi.

E’tiborlisi, ishtirokchilar orasida akademiya kursantlaridan Kamron Boltayev, Muhammadabdullo Bahodirov, Humoyun Xo‘jaqulov, Charos Abdumalikova, Ahmadullo Abdurazzoqov, Shohabbos Ikromov, Elnora Usenova, Sharofiddin Abduvahobov, Og‘abek Hoshimov, Behruz Yordamxo‘jayevlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur tanlov O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyiha sifatida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, inson huquqlari sohasida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlashni takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech