Yoshlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati va qonun ijodkorligi jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
Sayohat davomida mamlakatimizning yoshlarga oid davlat siyosatiga qaratilgan islohotlar, parlament faoliyatida yoshlarning o‘rni, deputatlik faoliyati, xususan, jamiyatimiz farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan qonunlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlari haqida fikr almashildi.
Tadbir Akademiyaning Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmat