Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kursantlar Mustaqillik kunini nishonlashdi

10 Sentyabr 2026, 19:29

58

IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida Tojikiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Ustoz faxriylar, professor-o‘qituvchilar, yurtimizda ta’lim olayotgan kursant yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda milliy istiqlolning qadr-qimmati, Tojikiston Respublikasining o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘li haqida so‘z bordi.

Tadbir avvalida fakultet boshlig‘i Maqsud Qalandarov so‘z olib, tojikistonlik kursantlarni bayram bilan qutladi.

Mustaqillik mamlakat uchun tarixiy ahamiyat kasb etib, shu yillar mobaynida milliy birlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida jadal islohotlar amalga oshirilgani, aholining hayot sifati sezilarli darajada yaxshilangani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik asosida yangi bosqichga ko‘tarilgani, bunga avvalo ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari bilan erishilgani e’tirof etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech