Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar kitob taqdimotida

22 Sentyabr 2025, 09:09

25

Poytaxtimizda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Guli Zebo Ibrohimovaning “Dil maktublari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli ijodkorlar, adabiyot va she’riyat ixlosmandlari, bir guruh yoshlar, shu jumladan, IIV akademiyasi kursantlari ishtirok etdi.

So‘z olganlar muallifning ijod yo‘liga to‘xtalib, uning she’rlarida inson ruhiyati va kechinmalari yorqin bo‘yoqlar orqali qalamga olinishi, bu har bir kitobxonni o‘ziga mahliya etishini e’tirof etishdi. Yangi to‘plamda ijodkor qalbidagi eng samimiy tuyg‘ular aks etgani ta’kidlandi.

– Kitobdagi she’rlar Vatanni sevib-ardoqlashga undaydi. Bugun adabiyot olamiga sayyor qildik, she’riyatning inson ma’naviyatidagi o‘rni, ta’sirchan kuchini his qildik, – deydi kursant Nilufar Allanazarova.

Tadbir yakunida yig‘ilganlar “Turon” axborot-kutubxona markazi va Abdulla Qodiriy memorial muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech