Yoshlar kuni munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari – Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i Azamat O‘roqov akademiyada ta’lim olayotgan kursantlar bilan uchrashdi.
Soha faxriylari ishtirokida o‘tgan tadbir yosh avlod vakillari bilan ochiq muloqot qilish orqali ularning takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil qilindi.
Uchrashuv avvalida yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyat va zamonaviy sharoitlar e’tirof etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, eng avvalo, yoshlar manfaatiga qaratilgani, ularning munosib ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, jamiyatda munosib o‘rin topishi davlatimizning doimiy e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.
Keyingi yillarda akademiyada ta’limning ilg‘or yondashuvlari tatbiq qilingani, buning samarasida ichki ishlar organlari uchun qyuori malakali yosh kadrlar yetishib chiqayotgani aytib o‘tildi.
Muloqot davomida kursantlarning fikr va takliflari tinglandi. Yoshlarga yanada shijoatli bo‘lish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallash yuzasidan tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati