Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantimiz sovrindorlar safidan joy oldi

22 Fevral 2024, 08:02

699

14–18-fevral kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Kattalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan besh yuz nafardan ziyod sportchi qatnashdi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa joriy yili o‘tadigan Jahon chempionati va Osiyo o‘yinlari uchun munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qildi.

O‘zbekiston chempionatida sportchilar 54 ta vazn toifasi bo‘yicha bahs olib bordilar. O‘z vazn toifasida shohsupaga ko‘tarilgan sovrindorlar qatoridan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Osiyo Murodaliyeva ham o‘rin oldi. Iqtidorli sportchimiz 60 kg vaznda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech