Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kubok kuchlilarga nasib etdi

17 Oktyabr 2026, 15:14

143

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan qo‘shni mamlakatlar yoshlari uchun minifutbol bo‘yicha turnir tashkil qilindi.

Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlab Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada 4 ta jamoa akademiya boshlig‘i kubogi uchun kuch sinashdi.

Turnirning ochilish marosimida o‘quv muassasasi rahbariyati vakillari so‘zga chiqib, sport tinchlik elchisi sifatida xalqlarni hamjihatlikka undovchi rishta ekani, mazkur tadbir ham kursantlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Uch kun davom etgan turnirda ishqibozlar shiddatli va qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo‘lishdi. Muhimi, har bir o‘yin qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy madaniyatini oshirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik an’analarini munosib davom ettirishga xizmat qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqa g‘olibligi va akademiya kubogi ikkinchi kurs kursantlariga nasib etdi. Qolgan o‘rinlarga birinchi hamda uchinchi kurs vakillari sazovor bo‘ldi. Sovrindorlar tantanali ruhda taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech