Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat – ushbu illatga barham beradi

18 Aprel 2025, 09:04

97

IIV akademiyasida Huquqni muhofaza qilish organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Manfaatdor idoralar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan konferensiyada korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Soha vakillari, olim va muxatassislar ishtirok etgan tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy strategiyasi”, “Ichki ishlar organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish”,Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtiroki: milliy va xorijiy tajriba”, Noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlikni belgilash zarurati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida sudlarning roli” va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Jamiyatda korrupsiyani oziqlantiruvchi illatlarga barham berish, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tamomillashtirish, korrupsiyaning oldini olishning yangi mexanizmlarini joriy etish, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech