Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga bag‘ishlandi

10 Mart 2022, 10:03

1024

IIV Akademiyasining Jinoyat huquqi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-trening korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga bag‘ishlandi. Unda kafedra qoshidagi “Adolat” iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi faollari ishtirok etdi.

Seminar-treningda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek ushbu illatga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish omillari, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlar,ularning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqararrarligi prinsipini qo‘llash hamda amaldagi jinoiy-huquqiy normalarni takomillashtirish yuzasidan tushunchalar berildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan sohani ilmiy tadqiq qilishning muhim jihatlari borasida fikr-mulohazalar kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech