Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash murosasizlikni talab etadi

13 Yanvar 2026, 19:11

80

Korrupsiya davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdiddir.

IIV akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida ayni yo‘nalishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ichki ishlar organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar aytib o‘tilib, tinglovchilar ogohlikka chorlandi.

Soha xodimlari korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashi, fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etmasligi qat’iy ta’kidlandi.

Tadbir davomida dolzarb vazifalar yetkazilib, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech