Keyingi yillarda yurtimizda kitobxonlikka e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, umummilliy harakatga aylandi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan IIV O‘quv-dala markazida tashkil etilgan galdagi kitob yarmarkasi ham yosh avlod vakillariga ma’rifat ulashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yarmarka davomida “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti tomonidan huquqiy, badiiy, tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim qilindi. Kursantlar qiziqqan kitoblari bilan yaqindan tanishish, ularni xarid hamda mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali ular o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni va kasbiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati