Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kibertahdidlar ogohlik va mas’uliyatni talab etadi

13 Oktyabr 2026, 22:07

43

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon shahrida sayyor targ‘ibotlar o‘tkazilmoqda.

Internet qamrovining oshib borgani sayin kibermakondan kelayotgan xavf-xatarlar ham ko‘payib bormoqda. Kunora o‘zimiz yoki yaqinlarimizning uyali aloqa vositasiga shubhali havola yoxud fayllarning yuborilayotgani, turli raqamlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganiga tez-tez guvoh bo‘layapmiz. Bunday paytda birgina e’tiborsizlik kiberhujum qurboniga aylanmasligimizni kafolatlay olmaydi.

Mas’ul xodimlar va mutaxassislar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ayni shu jihatga e’tibor qaratilmoqda. Aholiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan kiberjinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, sodir etilish usullari va oqibatlari haqida ma’lumot berilib, internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirib o‘tilmoqda.

Shuningdek huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatilib, fuqarolarning telefon apparatlariga “APK Qo‘riqchi” va boshqa xavfsiz ilovalar yuklab berilmoqda. Ayniqsa shaxsiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik, begona shaxslarning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaslik, shubhali xabar va fayllarni ochmaslik, kiberhujum bo‘lganda qilinishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan berilayotgan amaliy tavsiyalar fuqarolarning ehtiyotkorligi hamda kibergigiyena ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech