Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kibermakondagi zararli dasturlar qanday aniqlanmoqda?

14 Iyul 2025, 09:07

72

7–11-iyul kunlari IIV akademiyasida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Unda ichki ishlar organlarining kiberxavfsizlik va tergov bo‘linmalari xodimlari, IIV akademiyasi hamda Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Turkiyalik mutaxassislar tomonidan kibermakondagi tahdidlar, xususan, internetdagi zararli dasturlar, ular yordamida sodir etilayotgan hujumlar, ularni zararsizlantirish usullari, hozirda eng ommalashgan dasturlar, raqamli izlarni aniqlash va dalil sifatida saqlashda zamonaviy kriminalistik laboratoriyalar imkoniyatlaridan foydalanish mavzularida tushuncha berildi.

Mashg‘ulotlar yakunida o‘tilgan mavzular tahlil qilinib, tinglovchilarga sertifikat topshirildi. Shu kuni mehmonlar akademiya faoliyati bilan tanishtirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech