Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kibermakon va yoshlar

2 Fevral 2026, 19:31

67

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Anvar Boltaboev so‘z olib, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.

Yoshlar tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning barvaqt oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlarning kibermadaniyatini yuksaltirish, ularni internet makonidagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech