Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olishga bag‘ishlandi

2 Fevral 2026, 19:35

64

Toshkent davlat texnika universitetida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlarni kibermakonning salbiy jihatlaridan ogoh etish maqsadida tashkil qilingan tadbirda mas’ullar, professor-o‘qituvchi va talabalar qatnashdi.

Muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi vakillari so‘z olib, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ko‘rinishlari, kiberjinoyatlarga imkon yaratayotgan omillarga to‘xtalib o‘tishdi.

O‘tgan yilning o‘zida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarning salkam 30 foizi yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelgani ta’kidlanib, yoshlar qatlami vakillarining huquqiy madaniyatiini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu boradagi profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech