IIV akademiyasida Vengriya milliy tergov byurosi vakillari tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.
Uch kun davom etgan mashgg‘ulotlarda ichki ishlar organlarining tergov va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmalari xodimlari, akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Xorijiy mutaxassislar tomonidan kriptovalyuta va uni tergov qilish usullari, ochiq manbalar razvedkasi (“OSINT”), “Maltego” va “Maigret” kabi dasturiy vositalardan foydalanish, kriptovalyuta operatsiyalarini kuzatish, blokcheyn tahlili orqali jinoiy mablag‘lar harakatini aniqlash, “wallet”lar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish, internetdagi raqamli izlar asosida shaxsni aniqlash, “Maltego” dasturi orqali ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqalarni vizual tahlil qilish, “Maigret” orqali internet platformalaridagi foydalanuvchi akkauntlarini aniqlash usullari yoritildi.
Shuningdek “Clearnet”, “Deep Web”, “Darknet” tushunchalari, ularning ishlash prinsiplari, “OPSEC” orqali jinoyatchining o‘z shaxsini yashirishga qaratilgan harakatlari va ularda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aniqlash, “Darknet” muhitida tergov olib borish, raqamli dalillarni aniqlash, yig‘ish va saqlash, raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish, “Live forensics” jarayonida operativ xotiradan ma’lumotlarni olish, faol jarayonlarni tahlil qilish va dalillarni tezkor qayd etish, “FTK Imager” dasturi orqali disk obrazlarini yaratish, fayllarni tiklash, raqamli dalillarni saqlash va tahlil qilish, “DdoS” hujumlar, veb-server loglarini tahlil qilish, hujum manbalarini aniqlash va turli manbalardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish haqida tushuncha berildi.
Mashg‘ulotlar kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va raqamli kriminalistika bo‘yicha zamonaviy bilimlarni o‘rganish, Vengriyaning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish, tajribali mutaxassislar bilan yaqindan fikr almashish imkonini berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati