Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlar qanday sodir etilmoqda?

2 Fevral 2026, 20:03

87

Poytaxtimizdagi Xalqaro Vestminster universitetida yuzlab iqtidorli talabalar ta’lim oladi. Zamonaviy bilimlarni puxta egallayotgan bu yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirib borish ham muhim.

Universitet talabalari va ustozlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ana shu maqsadga qaratildi. Unda axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklar va ularni sodir etishning huquqiy oqibatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi Sanjar Qosimov yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlar statistikasiga to‘xtaldi. Ularning asl omillarini tahlil qilib, talabalarni internet olamining salbiy jihatlaridan ogohlantirdi.

Shu kuni yoshlarga axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir qilinayotgan jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, sodir etish usullari, o‘z navbatida, kiberhujumlardan himoyalanish yo‘llari haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. Universitet rahbariyati bilan yosh avlodni yot illatlardan asrashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech