Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Keksalar haftaligi” doirasida Аkademiya faxriylari bilan tadbir o‘tkazildi

04 Noyabr 2021, 06:11

865

“Keksalar haftaligi” bo‘yicha xayrli tadbirlar yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan, ibratli amallari bilan shogirdlar ardog‘ida bo‘lib kelayotgan faxriylar uchun tadbir uyushtirildi. 

Erta tongdan boshlangan tadbir avvalida keksa avlod vakillari o‘quv dargohida taʼlim olayotgan kursantlar bilan uchrashdilar. Samimiy muloqot davomida tizim fidoiylari o‘quv dargohida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, jumladan, Аxborot-resurs markazi, sport majmuasi, Maʼnaviyat va markazi, Аkademiya tarixi muzeyi, Vatanparvarlik burchagi va boshqa inshootlar bilan yaqindan tanishdilar. Аyniqsa poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga amalga oshirilgan sayohat faxriylarimiz qalbida g‘urur va iftixor, tinch-osuda, farovon hayotimizdan cheksiz shukronalik hissini uyg‘otdi. 

Tadbir to‘kin dasturxon atrofida bayramona kontsert dasturi bilan davom etdi. Аkademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov yig‘ilganlarni muborakbod etib, - Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyat, oilalar hamda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda ular o‘gitlaridan foydalanish azaliy odatlarimizdan biri sanaladi. "Keksalar haftaligi" bu yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashda yana bir muhim vosita hisoblanadi – dedi Аkademiya boshlig‘i.

Tadbir davomida Аkademiyada uzoq yillar yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida kamol toptirishga munosib hissa qo‘shib, tizim uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlashda fidoiylik bilan xizmat qilgan bir guruh faxriylarni taʼlim muassasasi rahbari tantanali ravishda nafaqaga kuzatdi.

– Yurtimizda inson qadr-qimmatini ulug‘lash azaliy qadriyatlarimizdan, – deydi isteʼfodagi polkovnik Erkin Orifjonov. – Bugungi tadbir nafaqat yoshlar, balki biz kabi faxriylar uchun ham juda ahamiyatli. Boisi, o‘zimiz faoliyat yuritgan taʼlim maskanida amalga oshirilayotgan ulkan yangilanishlar bilan yaqindan tanishdik. Unib-o‘sib kelayotgan navqiron avlod vakillari bilan dildan suhbat qurib, jo‘shqin xotiralarni yodga oldik. 

Tashkil etilgan ushbu tadbir ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan otaxon va onaxonlarda katta taʼsurot qoldirdi.

 

IIV Аkademiyaisi Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech