Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ko‘chatlarni o‘quvchilarning o‘zlari parvarishlaydi

27 Noyabr 2021, 01:11

1391

Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan. 10-dekabrga qadar davom etadigan ezgu harakat joylarda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

IIV Akademiyasi tashabbusi bilan Sirtqi ta‘lim fakulteti xodimlari va tinglovchilari poytaxtimizdagi 1-sonli IIV akademik litseyini ko‘kalamlashtirdilar. Shu kuni o‘quv maskani hududida bir necha tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bino va inshootlarga tutash yo‘laklar, ariqlar ortiqcha chiqindilardan tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi.   

O‘quvchi yoshlarning tashabbusi bilan yerga qadalgan har bir nihol parvarishiga tashabbuskor guruhlar biriktirildi.  Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizga xos betakror qadriyat bahonasida yon-atrof bir zumda ajib tarovat, musaffolik kasb etdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech