Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kasbiy madaniyat kodeksi nima uchun kerak?

23 Yanvar 2026, 21:56

49

IIV akademiyasining bitiruvchi bosqich kursantlari bilan o‘tkazilgan muloqot yoshlarning kasbiy madaniyatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda ichki ishlar organlari tizimida boy tajriba orttirgan faxriylar so‘z olib, soha xodimlariga qo‘yilayotgan dolzarb talablar haqida mulohaza yuritishdi.

Dastavval, kursantlarga mamlakatimizda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari yetkazildi.

Tizim faoliyatini xalq manfaatlariga yo‘naltirish, islohotlar talabiga hamohang ravishda tubdan takomillashtirishda yosh kadrlar zimmasidagi asosiy vazifalar aytib o‘tildi. Jamiyatimizda inson qadri yuksalayotgan bugungi yangilanishlar jarayonida burchga sadoqat, vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga daxldorlik singari fazilatlarni amalda namoyon etish har bir ichki ishlar xodimi kundalik faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Bu borada Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida barcha talablar bayon etilgani, kursantlar kodeks mazmun-mohiyatini puxta o‘rganish bilan birga, uni faoliyatlari davomida samarali qo‘llashlari, ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlari qayd etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech