Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kasbga sadoqat iroda va sabot bilan shakllanadi

7 Avgust 2026, 20:32

317

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 1-kurs kursantlari Yuqori Chirchiq tumanida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan o‘tishmoqda.

Dala o‘quv maskanida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar yoshlarning bilimi, jangovar-jismoniy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Yoshlar ittifoqining akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir ayni shu jihati bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar burchga sadoqat, vatanparvarlik, halollik, mardlik, jasorat kabi ichki ishlar xodimi uchun zarur bo‘lgan xislatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berishdi. Mamlakatimiz ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilma sifatida shakllantirish ustuvor maqsadga aylangan hozirgi islohotlar davrida tizim uchun yetishib chiqayotgan yosh kadrlar har jihatdan zamonaviy talablarga mos bo‘lishi zarurligi aytildi.

Muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta egallash, yuqori maqsadlarga intilish, faol va tashabbuskor bo‘lish, insonning chinakam shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi qiyinchiliklarni sabot bilan yengib o‘tish, kelgusida professional kadr bo‘lib ona Vatanimiz va xalqimizga xizmat qilish borasida tavsiyalar berildi. 

Kursantlar so‘z olib, ustozlarining boy hayotiy tajribasi va sharafli kasb yo‘li davomida erishgan yutuqlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech