So‘nggi yillarda kiber jinoyatlar salmog‘i dunyo miqyosida oshib bormoqda. Bu turdagi jinoyatlarni sifatli tergov qilish axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga bog‘liq.
Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulotni Axborot texnologiyalari va kiberjinoyatlarni tergov qilishni tashkil etish kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Yevgeniy Lisenko olib bordi. Unda IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim kursantlari, Axborot texnologiyalari va Tergov faoliyati kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Rossiyalik mutaxassis kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning turlari va xususiyatlari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar, kiberjinoyatchi shaxsining kriminologik qiyofasi haqida tushuncha berdi. Shuningdek kiberjinoyatlarni tergov qilish metodikalari, zamonaviy texnik va dasturiy ta’minotlar, soha xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda xorij tajribasining ahamiyatiga to‘xtaldi.
Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati