Yurtimizda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasida izchil chora-tarbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatidagi mahallalarning aksariyati “yashil” toifadan o‘rin olgan. Ayrim mahallalar “sariq” toifaga kiritilgan bo‘lsa, qolganlari kriminogen vaziyati og‘ir hudud sifatida baholangan. Bu esa huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ishchi guruhining viloyatdagi o‘rganishlari davomida “qizil” toifadagi hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Quva tumanining “Go‘zal”, Oltiariq tumanining “Mirfozil”, “Shodlik”, “Yangiarab”, Qo‘shtepa tumanining “Qoraqushchi”, Farg‘ona tumanining “Xonqiz”, “Oqbilol”, “Marg‘ilon” hamda Quvasoy shahrining “Hamid Olimjon” va “Guliston” mahallalaridagi uchrashuvlar chog‘ida mavjud vaziyat atroflicha muhokama qilindi.
Aytish joizki, hududlarni o‘rganish jarayonida bu bilan cheklanib qolinayotgani yo‘q. “Mahalla yettiligi” a’zolari, fuqarolarning takliflari tinglanib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, muammolarni hal etish borasida metodik yordam ko‘rsatilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati