Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatchilikni jilovlash mahalla hududi bilan cheklanib qolmasligi kerak

4 Iyun 2026, 21:29

24

Bugungi kunda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va kriminogen vaziyatni baraqarorlashtirish masalasiga kompleks tarzda yondashilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Charx Kamolon-2” mahallasida bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi”ning aholi bilan manzilli ishlash faoliyati, hududlardagi muammolar, jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning asl omillari va barvaqt oldini olish choralari tahlil qilindi.

Kriminogen vaziyatni yaxshilash uchun aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini doimiy ravishda o‘rganib borish, ularni hal qilishga ko‘maklashish, har bir xonadonga kirib borib fuqarolar bilan manzilli suhbat o‘tkazish, profilaktik ishlar natijadorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

“Jinoyatchilikni jilovlash faqat mahalla hududi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Chunki shu yerda istiqomat qilayotgan shaxs boshqa mahallaga borib huquqbuzarlik sodir etishi mumkin. Xavfsiz muhitni shakllantirishda mazkur jihatlarga alohida e’tibor qaratish, ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini kuchaytirish lozim”, - dedi akademiya boshlig‘i.

Muloqot chog‘ida mahallaga biriktirilgan ishchi guruhlarning kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari yuzasidan axboroti tinglandi.

Hududlarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, ob’ektlarni qo‘riqlovga olishni kengaytirish orqali mahallada xavfsiz muhitni shaklantirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlashga qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilish kabi chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech