Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolari muhokama qilindi

31 Oktyabr 2024, 05:10

199

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Sud-huquq tizimi vakillari, mutaxassis va ekspertlar, shuningdek, onlayn formatda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Armaniston Respublikalarining turdosh oliy ta’lim muassasalari olimlari ishtirok etgan anjuman muhokamalarga boy o‘tdi.

Yalpi majlis va sessiyalar tarzida o‘tgan konferensiyada jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida milliy hamda xalqaror tajribaning ilg‘or jihatlari tahlil qilindi. Mahalliy va xorijiy ekspertlarning “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoyat-protsessual jihatlari”, “Jinoyatchilikning oldini olish sohasida xalqaro-huquqiy standartlar”, “Sudga qadar jinoyatchilikning oldini olish choralarini takomillashtirish”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda jinoyat ishini yuritishning tezkorligini ta’minlash”, “Raqamli jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashishning kriminalistik jihatlari”, “Korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy asoslari” va boshqa mavzudagi ma’ruzalari tinglandi.

Soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida sohadagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech