Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Jayhun” g‘olib bo‘ldi

26 Mart 2026, 21:08

58

IIV akademiyasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir kursantlarning bilim salohiyatini charxlash, ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovda 4 ta jamoa “Tanishtiruv” va “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha bellashdi. Yoshlar o‘z chiqishlari orqali nafaqat topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarini, balki aktyorlik mahoratlarini ham ko‘rsatdilar.

Yakunda hakamlarning bahosi bilan “Jayhun” jamoasi birinchi, kursant qizlardan iborat “Ohu” jamoasi ikkinchi, Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida ta’lim olayotgan yoshlar esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech