Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Janubiy koreyalik mutaxassislar mashg‘ulot o‘tmoqda

14 Sentyabr 2026, 19:15

93

IIV akademiyasida Koreya milliy politsiya agentligi bilan hamkorlikda raqamli kriminalistika va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Koreyalik mutaxassislar tomonidan “raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish” ta’lim yo‘nalishi kursantlari uchun axborot xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash, mobil qurilmalardan dalillarni qidirish, tiklash, yig‘ish va tahlil qilish, raqamli dalillar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. O‘quv kursi davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar yordamida mustahkamlanmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni keng tatbiq etish maqsadida tashkil qilingan o‘quv kursi 23-sentyabrga qadar davom etib, yakunda kursantlarning bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech