Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

30 Aprel 2023, 12:04

1365

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqib “Jamoat xavfsizligini ta’minlash: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan gibrid formatda tashkil etilgan xalqaro anjumanda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz, Ozarbayjon davlatlarining turdosh oliy ta’lim muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi vakillari, soha mutaxassislari, huquqshunos olim va ekspertlar qatnashdi.

Anjuman ishtirokchilarining fikricha, jahonda kuchayib borayotgan ziddiyatlar, zamonaviy tahdidlar mamlakatimiz suvereniteti va milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni taqozo etmoqda. Bu borada mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2022 – 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan. 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish” alohida maqsad sifatida qayd etilgan. Ushbu vazifalar “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Xalqaro anjumanda soha mutaxassilari va ekspertlarning dolzarb mavzulardagi ma’ruzalari, jamoat xavfsizligini ta’minlashning zarur chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Shular qatorida, IIV Akademiyasining Ma’muriy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech