IIV akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlar O‘zbekiston davlat satira teatriga bordilar.
Shu kuni teatr ijodiy jamoasi tomonidan atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilindi.
Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, go‘zal va samimiy tuyg‘ular, turmush sinovlari haqida hikoya qiluvchi sahna asarining tarbiyaviy jihatlari, aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati