O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish qilindi.
Shu munosabat bilan maskanda san’at va madaniyat namoyandalari, tomoshabinlar, shu jumladan, IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari yig‘ildi.
Taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul pyesasi asosida rejissyor Asqar Xolmo‘minov sahnalashtirgan spektakl tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Asardagi voqealar Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan buyuk ajdodimizning ibratli hayoti, mardligi va jasorati haqida yorqin tasavvur uyg‘otdi.
– Bunday asarlarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Shonli tariximizda munosib iz qoldirgan milliy qahramonlarimiz ko‘p. Ularning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish o‘zligimizni anglashga, yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga, yurt, xalq manfaati uchun fidoyilik bilan xizmat qilishga undaydi, – deydi podpolkovnik Oybek Kaimxodjayev.
Tomoshadan so‘ng tinglovchilar teatr bo‘ylab sayohat qilib, milliy san’atimizning atoqli siymolari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati