Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jahon kubogida 2 nafar kursantimiz bronzaga sazovor bo‘ldi

10 Oktyabr 2023, 07:10

791

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida ITKF karate-do bo‘yicha o‘smir yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ITKF karate-do federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan nufuzli musobaqada Misr, Quvayt, Hindiston, Isroil, Jazoir, Italiya, Braziliya kabi 26 dan ziyod davlatning 800 ga yaqin karatechilari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 

Musobaqa ochilishida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda karate sport turini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlariga yuqori baho berishdi.

Uch kun davom etgan jahon kubogida muxlislar “kata”, “jamoaviy kata”, “kumite” va boshqa yo‘nalishlarda kechgan qiziqarli bahslar guvohi bo‘lishdi. Terma jamoamiz sovrindorlari orasida IIV Akademiyasi kursantlaridan Jasur Turopov va Husan Fayzullayevlar bronza medallariga sazovor bo‘lgani e’tiborga molik.

Yakunda umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi, misrliklar ikkinchi, Falastin sportchilari esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech