Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jadidlar faoliyati – ibrat maktabi

2 Aprel 2026, 20:45

37

IIV akademiyasida “Jadidlar – millat fidoyilari” respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasasi bosqichi o‘tkazildi.

Ma’lumki, turdosh ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlov jadid allomalarimizning hayoti va faoliyatini kursant yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Bilimlar bahsining mazkur bosqichida o‘quv kurslaridagi otryadlar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar “Jadid namoyandalari”, “Jadidlar – mening tasavvurimda”, “Jadidlar ijodiga bir nazar” shartlari bo‘yicha bellashdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan yo‘llangan savollar orqali yoshlarning bilimdonligi, tafakkur dunyosi, zukkoligi va ijodiy mahorati baholab borildi. Munozalarga boy o‘tgan ko‘rik-tanlov yakunida 2-o‘quv kursining iqtidorli kursantlaridan tarkib topgan “Taraqqiy” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endi ular ko‘rik-tanlovning harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida qatnashadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech