Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IT sohasi bilimdonlari

26 Fevral 2024, 08:02

907

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kunduzgi ta’limining 2-bosqich kursantlari uchun “Axborot xavfsizligi bilimdonlari” viktorinasi tashkil qilindi.

Yoshlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitish, ichki ishlar organlari uchun yetuk salohiyatli kadrlar tayyorlash, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan viktorina uch shartdan iborat bo‘ldi.

Dastlabki shartda jamoalar axborot texnologiyalarining hayotimizdagi o‘rni va ushbu sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni yoritib berdilar. Ikkinchi shart har bir ishtirokchining bilim salohiyatini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, yakuniy shartda amaliy topshiriq bajarildi. 

Kursantlarning chiqishi IIV Kiberxavfsizlik markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda akademiya vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Shunga ko‘ra, birinchi o‘rin “Syber Phoenix” jamoasiga, ikkinchi o‘rin “Team Spirit” jamoasiga, uchinchi o‘rin esa “Syber Oper” jamoasiga nasib etdi. Bundan tashqari, bir guruh iqtidorli yoshlar “Eng faol ishtirokchi”, “Eng kreativ ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.

Tadbir yakunida akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Najmiddin To‘raxodjayev so‘z olib, yoshlarning ushbu sohani chuqur o‘rganishlari uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, o‘tkazilayotgan bellashuvlar iqtidorli yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech