Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ishtirokchilar turli nominatsiyalarga sazovor bo‘ldi

13 Aprel 2023, 10:04

914

Jamoat xavfsizligi universitetida “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizning ertangi kuni uchun yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etildi. Unda IIV Akademiyasining “Jasorat”, O‘zbekiston milliy universitetining “Intellekt”, Qurolli Kuchlar akademiyasining “O‘zbegim”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Renessans” va “Pozitiv psixologlar” jamoalari ishtirok etdi.

Bellashuv “Tanishuv”, “Test”, “Krossvord”, “Psixologik muammo va yechimlar” shartlaridan iborat bo‘ldi. Hakamlar hay’ati tomonidan yoshlarning bilimdonligi, zukko va hozirjavobligi, ijodiy qobiliyati baholab borildi. Shunga ko‘ra, IIV Akademiyasi kursantlari “Eng faol jamoa” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. “Eng ijodkor jamoa” nominatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga berilgan bo‘lsa, milliy universitet talabalarining chiqishi “Eng optimist jamoa” nominatsiyaga loyiq ko‘rildi. Tanlovning “Eng pozitiv jamoa” va “Eng zukko jamoa” nominatsiyalari esa mezbonlarga nasib qildi.  

Tadbir yakunida diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.  Shuningdek bir guruh yoshlar faol ishtirokchi sifatida taqdirlandi. Konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech