Ichki ishlar organlari faoliyati xalqchil tizimga aylanib bormoqda, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, sodir etilayotgan har bir jinoyatning sabab va sharoitlarini aniqlab, “ilmiy diagnoz” qo‘yish orqali jinoyatchilik ko‘rsatgichlarini barvaqt oldini olish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi.
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhi tarkibida bo‘lgan IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Surxandaryo viloyati Termiz shahrining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Majnuntol” mahallasida bo‘lib, sektorlar rahbarlari, mahalla raisi, hududdagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi va profilaktika inspektori va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida mahallada o‘tgan yil davomida sodir etilgan jinoyatlarning asl sabablari, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar chuqur tahlil qilindi.
Mazkur mahalla misolida ishlab chiqilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash metodikasi” ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mahallada jinoyatchilik sezilarli darajada kamayishga erishilganligi joylarga chiqqan holda keng jamoatchilikka yetkazildi.
Ishchi guruh faoliyati davomida mahalla yoshlarining bandligi taʼminlanayotgani, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” tizimga asoslangan holda o‘rganish natijasida mahalladagi sog‘lom maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillarga barham berish, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati