Toshkent transport texnikumida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlarga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda axborot texnologiyalari foydalanib sodir qilinayotgan huquqbuzarliklar, ularning oldini olish xususida so‘z bordi.
IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik B. Shodiyev yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlarga to‘xtalib, buning asl omillarini tahlil qildi. Aksariyat yoshlar xatti-harakatining ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini o‘ylamasdan huquqbuzarlikka qo‘l urayotgani, oqibatda yoshlar tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etish holatlari ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda internet orqali jamiyatimizga kirib kelayotgan illatlar, kiberjinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, sodir etish usullari, ularga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari tushuntirib o‘tildi. O‘quvchilarga zarur tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati