Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Internetdan to‘g‘ri foydalanish – dolzarb talab

2 Fevral 2026, 20:25

93

Poytaxtimizdagi Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumida kiberjinoyatlar, ularning asl omillari, huquqiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, internetdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ular o‘rtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida tashkil qilingan tadbirga barcha yoshlar qamrab olindi.

Uchrashuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik X. Saydullayev axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va oldini olish choralari haqidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

O‘quvchilarga kiberjinoyatlar jamiyat uchun eng xatarli tahdidga aylanib borayotgani, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavjudligi, yoshlar internet tarmog‘idan foydalanganda bu kabi qilmishlarni sodir etmasliklari, kibermakondagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘lishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech