Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Insonni qadrlash – ulug‘ fazilat

03 Dekabr 2025, 01:12

97

Jamiyatimizda har bir inson, keksa-yu yosh davlatimiz e’tiborida. Ayniqsa ehtiyojmand kishilarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.

IIV akademiyasi vakillari Qibray tumanidagi “G‘afur G‘ulom” mahallasiga borib, Baxtiyor Miradilov holidan xabar olishdi.

Taqdir taqozosi bilan birinchi guruh nogironi bo‘lib qolgan Baxtiyor aka ko‘p yillar Jangovar va jismoniy kafedrasida mehnat qilgan. Kasbga sadoqati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongan.

Kutilmagan uchrashuv xonadon egasini behad mamnun qildi. Maroqli suhbat chog‘ida o‘quv dargohida o‘tgan unutilmas onlar yodga olindi. Kafedra a’zolari qadrdon hamkasblariga sihat-salomatlik tilab, maishiy texnika jihozi – gaz plitasini arzimas tuhfa sifatida topshirdilar.

Shu kuni marhum Ahmadjon Otamurodovning oila a’zolari ham yo‘qlandi. Xonadon egalariga mehr-muruvvat ko‘rsatilib, yoshi ulug‘lardan ko‘ngil so‘raldi. E’tibor va g‘amxo‘rlik barchani birdek quvontirdi. Keksalar qo‘lni duoga ochib, yurtimizga, xalqimizga, Prezidentimizga omonlik, to‘kinlik, fayzu baraka tiladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech