Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturiga bag‘ishlandi

02 Noyabr 2023, 09:11

856

IIV Akademiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi: ustuvor maqsad va vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ixtisoslik va yuridik kafedralar professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida parlament deputatlari Nodira Djanibekova va Muhtabar Husanovalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan izchil islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi. 

Qayd etilganidek, inson huquqlari sohasidagi ta’lim masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Milliy ta’lim dasturi BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi qoidalari va inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, tadbirda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini o‘rganuvchi institutlar tizimini kengaytirish, ularning inson huquqlari sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech