Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Inson huquqlari – oliy qadriyat

18 Aprel 2026, 17:28

44

16-17-aprel kunlari Buxoroda “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi.

Inson huquqlari milliy markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillari qatnashdi.

Tinglovchilar qiynoqqa solish, asossiz ushlab turish va qamoqqa olishga qarshi xalqaro standartlar, Nelson Mandela qoidalari va aybsizlik prezumpsiyasining mazmun-mohiyati, huquqni qo‘llash amaliyotida inson huquqlarini ta’minlash, qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlari uchun belgilangan javobgarlik, bu borada xalqaro amaliyot va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan ma’ruzalar tingladilar.

Mashg‘ulotlar xorijiy ekspertlar, sud-huquq tizimi vakillari, shuningdek Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV akademiyasi hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib borildi. Yakunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Malaka oshirish kursi sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada musatahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech