BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrifi davomida yoshlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda qoraqalpog‘istonlik yoshlar, shuningdek onlayn formatda yurtimizdagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatori, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham ishtirok etdi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida Folker Tyurk yoshlarga oid davlat siyosati doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularni kasbga yo‘naltirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.
Shuningdek BMT Oliy komissari inson huquqlarini ta’minlash sohasida BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, yoshlar huquqlarini ta’minlashda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.