Magistratura tinglovchilari xorij tajribasini o‘rganish maqsadida Boku shahrida bo‘ldi.
Xizmat safari O‘zbekiston va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik doirasida tashkil qilindi.
Tinglovchilar “Xavfsiz shahar” markazi, Tezkor harakatlanuvchi kuchlar polki, Transportni intellektual boshqarish markazi faoliyatini o‘rganib, jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen xavf-xatarlarni oldini olish, ommaviy tartibsizliklar paytida kuch-vositalarni boshqarish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amaliyotga joriy qilingan innovatsion tizim hamda yondashuvlar bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, Ozarbayjon IIV akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash xizmatlari faoliyatini boshqarishning huquqiy va taktik asoslari”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda tezkor texnik vositalarni qo‘llashning taktik asoslari”, “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy va taktik asoslari”, “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Muhimi, xorij safari davomida o‘rganilgan ilg‘or jihatlar tinglovchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati